Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Xorazmda 160 ming iste’molchidan asossiz olingan 230 mln so‘m qaytariladi

Xorazmda 160 ming iste’molchidan asossiz olingan 230 mln so‘m qaytariladi

Raqobat qo‘mitasi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tibbiyot muassasalarida pullik xizmatlar ko‘rsatilishi jarayoni o‘rganilib, bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

2023–2025 yillar davomida:
🟠 Yangibozor TTB — 39 ming iste’molchiga 2 mlrd so‘mlik xizmat;
🟠 Gurlan TTB — 120 ming iste’molchiga 3 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatgan.

Shu bilan birga quyidagi qonunbuzilishlar aniqlandi:
🔘 xizmat narxiga noqonuniy qo‘shimcha soliqlar qo‘shilgan;
🔘 bemor foydalanmagan dori va tibbiy buyumlar narxi umumiy hisobga kiritilgan.
Natijada 160 mingga yaqin iste’molchidan 230 mln so‘mdan ortiq ortiqcha mablag‘ undirilgani ma’lum bo‘ldi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, tibbiyot birlashmalariga, iste’molchilarga barcha ortiqcha undirilgan mablag‘ni qaytarish, kelgusida qonun talablariga qat’iy rioya qilish haqida majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Kiritildi: 15:31 27.11.2025. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!