Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit va’dasi bilan pul olgan fuqarolar qo‘lga olindi

Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit va’dasi bilan pul olgan fuqarolar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga go‘yoki Andijon shahar bank xizmatlari markazida ishlovchi tanishlari orqali 3 000 AQSh dollari evaziga 100 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratib berishini aytib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:02 26.05.2025. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!