“O‘tgan hafta Tramp Rossiya bilan savdoni normallashtirmoqchi ekanligini aytdi. U Rossiya va Xitoy bilan bog‘liq yanada kattaroq narsani nazarda tutgan bo‘lishi mumkin - va bu juda katta kelishuv bo‘lishi mumkin”, - deyiladi maqolada.
Nashrga ko‘ra, bularning barchasi yangi uch qutbli dunyo tizimini shakllantirishga bo‘lgan intilishdan dalolat beradi.
“U ittifoqchilarni tanqid qildi va butun dunyo bo‘ylab Amerika qo‘shinlarining olib chiqilishi haqida gapirdi. Bu Yevropa va Osiyodagi xavfsizlik sohalarida Amerika ishtirokini kamaytirishga intilayotgan Rossiya va Xitoyga foyda keltirishi mumkin”, - deb ta’kidlaydi NYT.