Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan shu hafta rasmiy tashrif bilan Londonga borib, Eron va Ukrainadagi qurolli mojarolar hamda NATO doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Tashrif doirasida Britaniya va Fransiya boshchiligidagi xalqaro kuchlarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini qayta tiklash bo‘yicha rejalari ko‘rib chiqiladi. Turkiya tomoni bunday missiyaning o‘ziga xos qiyinchiliklari borligidan avvalroq ogohlantirgan edi.
Shuningdek, Xoqon Fidan Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha Turkiyaning vositachilik sa’y-harakatlarini davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Kiyev allaqachon Anqaradan Rossiya bilan oliy darajadagi uchrashuv tashkil etishda yordam so‘ragan edi. Bundan tashqari, muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi erkin savdo shartnomasini yakunlash hamda mudofaa sanoati va energetika sohasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari ham ko‘tarilishi kutilmoqda.