Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida olamdan o‘tdi

Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida olamdan o‘tdi

Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berdi.

Marhuma 2005 yil 14 dekabr sanasida Namangan shahrida dunyoga kelgan. Pekindagi Sinxua universiteti talabasi bo‘lgan qo‘shiqchi 2023 yilda san’at yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Shirin uch yoshga to‘lar-to‘lmas qo‘shiq kuylashni boshlagan, o‘zi qo‘shiq yozardi, respublika va xalqaro musiqiy tanlovlarda qatnashardi ham kinoda suratga tushardi.

Shirinning azaliy orzusi o‘zining jonajon vatani O‘zbekistonning nomini xalqaro maydonda dong taratish ekanini aytgandi.

Kiritildi: 19:37 15.02.2025. O'qildi: 4750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!