Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xonanda Sarvara o‘zbek shou-biznesidan ketib, Turkiyada ijod qilayotgani sababini ma’lum qildi

Xonanda Sarvara o‘zbek shou-biznesidan ketib, Turkiyada ijod qilayotgani sababini ma’lum qildi

O‘zbek muxlislari orasida «Izlab qolasiz», «Ayriliq», «Muhabbat», «Olmacha» deb nomlangan bir qancha qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Sarvara «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Xonanda Sarvara suhbat davomida nima sababdan ijodini Turkiyada davom ettirayotganiga oydinlik kiritdi.

Har doim ham turk san’atiga, turk shou-biznesiga qiziqishim katta bo‘lgan. Shu boisdan turk san’atini yanada yaxshiroq o‘rganish, turk xonandalari bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qilish maqsadida Turkiyada ijodimni davom ettirmoqdaman.

Turkiyaga ketganimga ikki yilcha bo‘lib qoldi. U yerda turk xonandalari bilan duetlar qildik, yangi qo‘shiqlar yozyapmiz. Hozir bu yerda ijod qilayotganim ‘butunlay Turkiyada qolib ketaman’, degani emas. Imkoniyatim yetganicha ham Turkiyada, ham O‘zbekistonda ijod qilmoqchiman.

Shou-biznes ichida ‘Sarvara ijodni tashlab, boshqa bir tirikchilik uchun Turkiyaga ketdi’, degan mish-mishlar yurgani haqida eshitdim. Bu gaplar asossiz, bu yerda ham asosiy tirikchililigim qo‘shiq kuylash.

‘Xo‘rlayvermang‘ deb nomlangan qo‘shig‘imni turk orkestri bilan birgalikda kuyladim, birgalikda tayyorladik. Tez kunlar ichida ushbu taronamizni muxlislar e’tiboriga havola etamiz.

Sarvara, xonanda

Kiritildi: 10:04 06.11.2019. O'qildi: 4681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!