Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xonadonmi yoki ombor: Andijonda chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan televizorlar aniqlandi

A A A
Xonadonmi yoki ombor: Andijonda chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan televizorlar aniqlandi

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi xonadonlardan birida chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 41 dona televizorlar borligi aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.  

Xabarda aytilishicha, fuqaro T.D.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida xonadon egasining roziligi asosida ko‘zdan kechirildi.

Xonadon yerto‘lasidan muqaddam davlat chegarasidan noqonuniy ravishda olib o‘tilgan, umumiy qiymati 25,7 mln. so‘mlik jami 41 dona rangli televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur xolat yuzasidan bojxona tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:59 03.12.2018. O'qildi: 1699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!