AQSh va Isroilning hujumlari tufayli Yaqin Sharq aholisi qarshilik ko‘rsatishdan boshqa chorasi yo‘q.
Bu haqda Eron Oliy Rahbari Mojtaba Xomeneyning Livanning "Hizbulloh" guruhiga yo‘llagan maktubida aytilgan.
"Livan "Hizbulloh"i Isroil va uning homiylarining hujumlariga qarshi tebranmas qoya kabi turibdi", deb yozgan Xomeney.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Hizbulloh"ni himoya qilish Eronning strategik siyosati sifatida belgilangan.
"Livanning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va Isroil tajovuzini butunlay yo‘q qilish AQSh bilan urushni tugatish bo‘yicha anglashuv memorandumining birinchi shartidir", deb ta’kidladi Eron Oliy Rahbari.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp "Hizbulloh" rahbariyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga tayyorligini e’lon qilgan edi.