Dunyoning eng boy odami Ilon Maskga tegishli X ijtimoiy tarmog‘i Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi ibroniycha akkauntini ikki postdan so‘ng blokladi, deb xabar bermoqda Isroil OAV.
Yakshanba kuni chop etilgan so‘nggi xabarda shunday deyilgan: «Sionistik rejim xatoga yo‘l qo‘ydi va Eron haqida noto‘g‘ri hisob-kitob qildi. Biz ularga Eron xalqining qanday kuch, qobiliyat, tashabbus va qat’iyatga ega ekanligini bildiramiz».
❕ Ibroniy tilidagi birinchi nashr shanba kuni chiqdi. Har ikki xabar ham Isroil o‘tgan hafta Eron harbiy ob’ektlariga bergan zarbalaridan keyin e’lon qilingan.