Tramp Kanadani ham Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kiritishning afzalligini aytmoqda.
– Hammani Rojdestvo bayrami bilan tabriklayman, jumladan Panama kanalini mehr bilan, lekin noqonuniy boshqarayotgan Xitoyning ajoyib askarlarini ham, – degan Tramp. – Kanada bizning 51-shtatimizga aylansa, bu yurtdagi soliqlar 60 foizga qisqarsa, mahalliy aholi daromadi, biznesi darhol ikki barobar ko‘payadi. Kanada bizga qo‘shilsa, dunyoning boshqa hech bir davlatida bo‘lmagan harbiy himoyaga ega bo‘ladi.