Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Xolandning otasi va agenti uning «Real»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Xolandning otasi va agenti uning «Real»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Taniqli italiyalik jurnalist Fabrisio Romano «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandning "Real"ga ehtimoliy transferi haqida tarqalgan mish-mishlarga futbolchining yaqinlari qanday munosabat bildirgani haqida ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, Erling Xolandning otasi Alfi Xoland hamda uning agenti Rafaela Pimenta futbolchining «Real» bilan qandaydir kelishuvga erishgani haqidagi ma’lumotlarni rad etgan.

«Bularning barchasi juda qiziq, ammo haqiqat emas. Biz “Real Madrid” prezidentligi uchun kurashayotgan har ikki nomzodga omad tilaymiz», — deb iqtibos keltiradi Alfi Xoland va Rafaela Pimentaning so‘zlarini Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval «Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme saylovda g‘alaba qozongan taqdirda «Manchester Siti» futbolchilari Erling Xoland va Rodrini jamoaga olib kelishga va’da bergan edi.

Kiritildi: Bugun 13:59. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!