O‘tgan haftada Ukraina Qurolli kuchlari dronlari ushbu suv havzasida Eronning savdo kemasiga hujum qilgan edi.
"Turkmaniston Kaspiybo‘yi davlati hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olingan abadiy betaraflik maqomiga ega mamlakat sifatida Kaspiy tinchlik, ahillik va yaxshi qo‘shnichilik dengizi ekanini ta’kidlaydi", — deyiladi TIV xabarida.
Ukraina Qurolli kuchlari 25 iyul ertalab Kaspiy dengizidagi ikkita kemaga hujum qildi. Halok bo‘lgan va jarohat olganlar bor.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kemalar Rossiya va Eron o‘rtasida harbiy yuklarni tashiganini ta’kidladi.
Tehron ushbu zarbani qoraladi va Kiyevga javob choralari bilan tahdid qildi.