"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland klub duch kelayotgan muammolar haqida gapirdi. Mustaqil komissiya klubni moliyaviy qoidalarni bir necha bor buzganlikda aybdor deb topdi. Biroq, tergov davom etmoqda - "Manchester Siti" oktyabr oyi boshida apellyasiya shikoyati berdi.
"Men "Manchester Siti" haqida juda xavotirdaman. Biz birga bo‘lishimiz va ijobiy bo‘lishimiz kerak. Hayotda nima bo‘lishidan qat’i nazar, biz doimo tabassum qilishimiz, ijobiy bo‘lishimiz, oldinga intilishimiz va o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Biz birga bo‘lishimiz va jarayondan zavqlanishimiz kerak", - dedi Xoland.
Yakshanba, 11 oktyabr kuni "Manchester Siti" safarda "Liverpul" bilan o‘ynaydi.