«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland jamoa himoyachisi Abduqodir Husanovga yuqori baho berdi.
22 yoshli himoyachi APLning joriy mavsumida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi.
«Husanov o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatmoqda. Yangi mamlakatga ko‘chib o‘tish, tilni bilmaslik u uchun oson bo‘lmadi — bu juda qiyin. Bosim, uning APLda o‘ynayotgan ilk o‘zbekistonlik ekani va shu kabi omillar bor.
Men go‘yoki 35 yoshdagidek gapiryapman, lekin unday emas. Yoshim 25 da. Biroq menda katta tajriba bor, ko‘p o‘yinlarda qatnashganman, shuning uchun turli vaziyatlarda o‘zimni qanday tutishni bilaman.
Gap boshqalarga yordam berish haqida ketmoqda, chunki men ular o‘zlarini qanday his qilayotganini bilaman. Ba’zan bu ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Ular o‘zlarini qulay his qilishlarini ta’minlash juda muhim», — dedi Erling Xoland.