Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Osiyoning eng boy odami kim?

Osiyoning eng boy odami kim?

"Adani Group" asoschisi Gautam Adani Mukesh Ambanini ortda qoldirib, Osiyodagi eng boy shaxsga aylandi. Ushbu o‘zgarish "Adani Power", "Adani Total Gas" va "Adani Ports & Special Economic Zone" kabi bir qator "Adani Group" tuzilmalari aksiyalari narxining keskin ko‘tarilishidan keyin yuz berdi. Bu haqda Zakon.kz sayti xabar bermoqda.

Adanining sof boyligi 92,6 milliard dollarga yetdi va taxminan 90,8 milliard dollar deb baholangan Ambanining kapitalidan oshib ketdi. Adani infratuzilma, energetika va logistikka e’tibor qaratgan bo‘lsa, Ambanining boyligi asosan telekommunikasiya va chakana savdoni qamrab olgan "Reliance Industries" kompaniyasi bilan bog‘liq.

Bozor tahlilchilari shuni ta’kidladki, milliarderlar boyligi global bozor sharoitlari va aktivlarning baholanishiga qattiq bog‘liq bo‘lgani uchun bunday tebranishlar odatiy holdir. Shu bilan birga, kengroq global indeks dunyoning 20 ta eng boy insonidan yettasining boyligi kamayganini ko‘rsatmoqda. Xususan, "LVMH" rahbari Bernar Arnoning boyligi 44 milliard dollarga kamaydi.

Kiritildi: Bugun 17:40. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!