Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Xoland 3,13 mln yevroga Mercedes AMG One sotib oladi (foto)

Xoland 3,13 mln yevroga Mercedes AMG One sotib oladi (foto)

Erling Xoland yangi hashamatli mashina sotib oladi.

"Manchester Siti" forvardi o‘zining bolalikdagi do‘sti, HiTecVision investisiya kompaniyasi asoschisi Ole Ertvaag bilan birgalikda Mercedes AMG One superkarini sotib olishga kelishib oldi. Avtomobil 2,5 million yevro turadi, biroq soliqlarni hisobga olgan holda narxi taxminan 3,13 million yevroni tashkil qiladi.

Xoland 3,13 mln yevroga Mercedes AMG One sotib oladi (foto)

Mercedes AMG One 275 dona cheklangan nashrda ishlab chiqarilgan. Avtomobil beshta Formula 1 dvigateliga ega va soatiga 352 km tezlikka erisha oladi. Superkar soatiga 200 km tezlikka yetti soniyada, 300 km tezlikka esa 15,6 soniyada erishadi.

Ilgari Xoland Mercedes AMG GLE dan foydalangan, uning narxi taxminan 105 ming yevro edi.

O‘shandan beri Erling 350 000 yevroga baholangan Rolls Royce Cellinan'ni sotib oldi. Bundan tashqari, futbolchining har biri 140 ming yevro turadigan Audi RC6 Avant va Range Rover Sport avtomobillari bor.

Kiritildi: 02:04 01.03.2024. O'qildi: 4001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!