Fransiya va Buyuk Britaniya Turkiya va AQSh ishtirokida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish bo‘yicha "xohlovchilar koalisiyasi" tarkibida ishchi guruh tuzadi.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koalisiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qilgan.
"Biz ertaga Fransiya va Buyuk Britaniya boshchiligida, dengiz sohasida muhim rol o‘ynagan Turkiyaning yaqindan ishtirokida va birinchi marta AQSh ishtirokida ish boshlaydigan ishchi guruh tuzishga qaror qildik" - dedi Fransiya rahbari, nutqi Yelisey saroyining Facebook’dagi sahifasida namoyish etildi.
Makron "har qanday tajovuzni to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan Ukraina armiyasining hajmi cheklanmasligi kerak" degan fikrni bildirdi. "Bundan tashqari, ikkinchi qatorda Ukraina armiyasini kuchaytiradigan zaxira kuchlar bo‘lishi kerak", dedi u.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq Rossiya Ukrainada NATO qo‘shinlarini joylashtirishga hech qanday sharoitda ruxsat bermasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, alyans qo‘shinlarining Ukraina hududida bo‘lishi Rossiya uchun xavf tug‘diradi.