Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xizmat ko‘rsatgan artist: “Qizimni bolalar uyiga topshirib yuborganman. Bir emas, ikki marta...”

Xizmat ko‘rsatgan artist: “Qizimni bolalar uyiga topshirib yuborganman. Bir emas, ikki marta...”

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Irina Ponarovskaya yoshligida u va eri bir qizaloqni tarbiyasiga olgani, ammo tez orada chaqaloqni bolalar uyiga topshirganini ma’lum qildi.

Irinaning "Jonli efir" dasturida aytishicha, navbatdagi konsertidan so‘ng bir qiz uning oldigan kelib, bolasini berib ketgan.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, 11 oylik juda nimjon qizchani ko‘rgach, darhol turmush o‘rtog‘iga uni olib qolishni taklif qilgan.

O‘sha paytda qo‘shiqchi bolalar haqida hatto o‘ylamagan. U shunchaki inson sifatida boshqacha harakat qila olmagan.

Xizmat ko‘rsatgan artist: “Qizimni bolalar uyiga topshirib yuborganman. Bir emas, ikki marta...”

Yaxshi niyatlariga qaramay, qizchaga to‘laqonli oilada o‘sish nasib etmagan. Xonandaning o‘zi homilador bo‘lib qolgan va o‘sha paytda bolali oilalarga farzand asrab olishga ruxsat berilmagani bois barcha sa’y-harakatlarga qaramay, Ponarovskaya hujjatlarni rasmiylashtira olmagan.

O‘g‘li Entoni tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay, turmush o‘rtog‘i Irinaga : "Betti endi uyda qolmasligi kerak" degan.

“U kimnidir chaqirdi, kim bilandir kelishdi  va tez orada qizaloqni olib ketishdi. Bo‘ldi. Bu – haqiqat. Men bu haqda oxirgi marta gapiyapman. Boshqa bu haqda mendan so‘ramang”, - dedi xonanda dasturda davomida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda 16 yoshga to‘lganida qizni yana uyiga olib ketgan, ammo ikkinchi marta ham to‘laqonli oila bo‘lish nasib etmagan.

Ko‘p o‘tmay, qiz yana "yulduz onasining" uyidan chiqib ketgan.

Mish-mishlarga ko‘ra, uy ishchisi uzuklardan birini taqib ko‘rayotganda qizni ko‘rib qolgan va uni zargarlik buyumlarini o‘g‘irlashda ayblagan.

Shu voqeadan so‘ng qo‘shiqchi asrab olgan qizini yana uyidan chiqarib yuborgan.

Kiritildi: 20:48 24.11.2020. O'qildi: 12268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!