Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xivada “MDH mamlakatlarida innovasion ekotizimlar va yoshlar yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi (FOTOGALEREYa)

A A A

O‘zbekistonning Xorazm viloyatida joylashgan qadimiy Xiva shahrida “MDH mamlakatlarida innovasion ekotizimlar va yoshlar yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon bilan bir qatorda, MDHga a’zo mamlakatlar vakillari ham ishtirok etdilar.

Tadbir yoshlarning innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish hamda MDH mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

Xivada “MDH mamlakatlarida innovasion ekotizimlar va yoshlar yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi (FOTOGALEREYa)

Forumda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi rahbari, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Akif Marifli “Yoshlar – madaniy muloqot va innovasion kelajak bunyodkorlari” mavzusida ma’ruza qildi. U yoshlarning madaniy muloqotni rivojlantirish, innovasion kelajakni barpo etish va xalq diplomatiyasini mustahkamlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Akif Marifli bunday forumlar MDH mamlakatlari yoshlari o‘rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalarni kengaytirish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda mamlakatlararo hamkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Xivada “MDH mamlakatlarida innovasion ekotizimlar va yoshlar yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi (FOTOGALEREYa)

Umuman, forum MDH mamlakatlari yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, innovasion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro tajriba almashishni rag‘batlantirish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Xivada “MDH mamlakatlarida innovasion ekotizimlar va yoshlar yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi (FOTOGALEREYa)

Xivada “MDH mamlakatlarida innovasion ekotizimlar va yoshlar yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi (FOTOGALEREYa)

Xivada “MDH mamlakatlarida innovasion ekotizimlar va yoshlar yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi (FOTOGALEREYa)

Xivada “MDH mamlakatlarida innovasion ekotizimlar va yoshlar yetakchiligi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi (FOTOGALEREYa)

Kiritildi: 13:05 24.10.2026. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!