Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Xivada elektr energiyasi "o‘g‘rilari" ushlandi

Xivada elektr energiyasi "o‘g‘rilari" ushlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Xiva shahrida “X. X.” MCHJga qarashli savdo kompleksining elektr qurilmalari hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 1 milliard 345 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:30 11.11.2025. O'qildi: 940 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!