Xitoyda Oliy harbiy sudi sobiq mudofaa vaziri Vey Fenxeni 2 yillik sinov muddati bilan shartli o‘lim jazosiga hukm qildi, deya xabar bermoqda Xinhua agentligi.
Avvalroq sobiq mudofaa vaziri Li Shanfu ham poraxo‘rlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingani xabar berilgandi.
Xitoy Oliy harbiy sudi sobiq vazirlarni pora olishda aybdor deb topgan va ularning barcha shaxsiy mol-mulklari musodara qilinganini ma’lum qilgan. Agar harbiy sud komissiyasi ularni 2 yildan so‘ng “qayta tarbiyalangani”ga ishonch hosil qilsa, o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosiga almashtirishi mumkin. Biroq xarbiy kengash mahkumlarga jazoni qisqartirish yoki muddatidan avval ozod qilish imkoniyati taqdim etilmasligini bildirgan.
Vey Fenxe 2018 yildan 2023 yilgacha mudofaa vaziri lavozimida ishlagan va 2023 yil mart oyida uning o‘rnini Li Shanfu egallagan edi. Biroq Li o‘sha yilning dekabrida korrupsiyada ayblanib hibsga olingan va lavozimidan ozod etilgandi.