Kecha ertalab Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Gansu provinsiyasida sodir bo‘lgan ko‘chkida kamida 21 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida 33 kishi vayronalar ostida qoldi. Ko‘chki ostidan omon qolganlar va halok bo‘lganlar allaqachon chiqarib olingan, yetti kishi jarohatlangan, besh kishi esa jarohat olmagan.
Ilgari besh kishining o‘limi haqida xabar berilgan edi.