Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi 3-bosqichdan o‘tdi

Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi 3-bosqichdan o‘tdi

Xitoyning COVID-19 vaksinasi BAAda o‘tkazilgan klinik sinovlarning uchinchi bosqichida allaqachon ijobiy natija berdi, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida.

Avvalroq BAA rasmiylari dushanba kuni olti haftalik klinik sinovlardan so‘ng Xitoyning Sinopharm CNBG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinasi uchun "favqulodda foydalanish uchun avtorizasiya" bergani haqida xabar berilgan edi. Iyul oyida BAA mutaxassislari xitoylik sheriklar bilan birgalikda koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishning uchinchi bosqichiga o‘tdilar. Sinovlarning uchinchi bosqichi hali yakunlanmagan va BAA ma’lumotlariga ko‘ra, vaksina allaqachon 31 ming ko‘ngillida sinovdan o‘tgan.
"Dunyoda epidemiologik vaziyat hali ham jiddiy bo‘lib, vaksina COVID-19ga qarshi kurashda bizning so‘nggi g‘alabamiz uchun zarur bo‘lgan muhim quroldir. Xalqaro hamjamiyat vaksinalarni ishlab chiqishni rivojlantirish uchun faol hamkorlik qilmoqda, shu bilan biz virusga qarshi himoya to‘sig‘ini qura olamiz", – dedi diplomat.

Uning ta’kidlashicha, "Xitoy vaksinasi ishlab chiqilgan va ishlatilganidan so‘ng, u global ommaviy boylikka aylanadi va Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarda uning mavjudligi va arzonligi uchun o‘z hissasini qo‘shmoqchi".

"Xitoy va BAA keng qamrovli strategik sheriklardir. Vujudga kelganidan keyin ikkala tomon ham birgalikda virusga qarshi kurashdi. Hozirda bizning mamlakatlarimiz COVID-19 ga qarshi vaksinaning klinik sinovlarining uchinchi bosqichini o‘tkazmoqdalar, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari dunyoda birinchi bo‘lib klinik sinovlarning uchinchi bosqichini boshlamoqda", – deya qo‘shimcha qildi vazirlik vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "Xitoy ushbu vaksinaning dastlabki natijalarini olish uchun BAA bilan ishlashni davom ettirishga tayyor, shunda xalqaro hamjamiyat COVID-19 ni eng qisqa vaqt ichida yengib o‘tishi mumkin".

Kiritildi: 14:05 16.09.2020. O'qildi: 2730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!