Bugun 19 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoyliklar Toshkentda bayroq ko‘tarib ommaviy tadbir o‘tkazdi

Xitoyliklar Toshkentda bayroq ko‘tarib ommaviy tadbir o‘tkazdi

15 fevral kuni tongda poxtaxtning Chilonzor tumanidagi Milliy bog‘ hududida o‘nlab Xitoy fuqarolari turli xil bayroq va shiorlar bilan ovozini ko‘tarib, ommaviy tadbir o‘tkazdi. Bayroq va shiorlarda «Biz kuchlimiz» degan yozuv yozilgani aytilmoqda. Hududni qo‘riqlayotgan Milliy gvardiya ham, Toshkent shahar hokimligi va IIBB ham holatdan bexabarligi ma’lum bo‘ldi.

15 fevral kuni erta tongda Toshkent shahridagi Milliy bog‘ hududida xitoyliklar o‘ziga xos «parad» uyushtirishdi. Kun.uz keltirgan videolarda o‘nlab kishilar Xitoy tilida yozilgan turli xil bayroq va shiorlar bilan ovozini ko‘tarib yugurayotganini ko‘rish mumkin.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ushbu ommaviy tadbirdan hokimlikning xabari yo‘q.

«Xitoyliklar «Biz kuchlimiz» deyapti. Xitoy studentlari har yili bahor va yoz qanaqadir shiorlarini aytib yurish qilarkan, bu ham shu tadbir bo‘lsa kerak», deyiladi hokimlik matbuot xizmati izohida.

Milliy bog‘ hududida kun-u tun kirgan va chiqqanlarni tekshirib o‘tiradigan Milliy gvardiya xodimlari ham ushbu ommaviy tadbirdan bexabar ekanini Kun.uz'ga ma’lum qilgan.

«Smena topshirish vaqti bo‘lgani uchun biz bilmaymiz», — dedi hududdagi MG xodimlari.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni vaqtda Chilonzor tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari hududga kelib, hodisa tafsilotlarini o‘rganishga kirishgan.

Kiritildi: 14:45 15.02.2025. O'qildi: 6803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!