Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Xitoyliklar AliExpress'dan buyurtmalarni yetkazib berish uchun ko‘p martalik raketani sinovdan o‘tkazdi

A A A
Xitoyliklar AliExpress'dan buyurtmalarni yetkazib berish uchun ko‘p martalik raketani sinovdan o‘tkazdi

Ilon Mask Marsni kolonizasiya qilish orzusida yurgan paytda, xitoyliklar AliExpress'dan buyurtmalarni yetkazib berish uchun ko‘p martalik raketani sinovdan o‘tkazishmoqda. Uni allaqachon Alibaba bilan shartnoma imzolashga ulgurgan mahalliy Space Epoch startapi ishlab chiqmoqda.

G‘oya bo‘yicha, raketa 10 tonnagacha yuk bilan, bor-yo‘g‘i bir soat ichida dunyoning istalgan nuqtasiga ucha oladi (albatta, agar kimdir Xitoydan raketani qabul qilishga qaror qilsa), u yerda tovarlar tushiriladi va mahalliy omborlarga yetkaziladi.

Bundan tashqari, raketadan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish va boshqa missiyalar uchun foydalanish ham rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:02 01.06.2025. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!