Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoylik eri tomonidan kaltaklanib, homilador bo‘lishga majburlangan andijonlik qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Xitoylik eri tomonidan kaltaklanib, homilador bo‘lishga majburlangan andijonlik qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Jurnalistlardan yordam so‘ragan andijonlik 25 yoshli Shodiyona Davlatova O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi CA-News.

Qiz Xitoy fuqarosiga turmushga chiqqan bo‘lib, xitoylik erining zo‘ravonligi va tazyiqlaridan shikoyat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i uni xonaga qamab, kaltaklagan va homilador bo‘lishi uchun tabletka, in’eksiya ko‘rinishidagi noma’lum dorilarni iste’mol qilishga majburlagan.

Shodiyona o‘zbekistonlik diplomatlar yordamida O‘zbekistonga qaytarilgan uchinchi qiz bo‘ldi. Avvalroq xitoylik yigitga turmushga chiqqan namanganlik Saida O‘zbekistonga qaytish uchun jurnalistlardan yordam so‘ragan edi.

U ham turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka uchraganidan shikoyat qilgan. Qiz O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasining sa’y-harakatlari bilan 19 fevralda Vatanga qaytarilgan.

Kiritildi: 16:27 11.06.2019. O'qildi: 3392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!