Xitoyning avtomobil giganti BYD 2025-yilgi savdo rejalari bajarilmagani sababli ishlab chiqarish sur’atlarini pasaytirmoqda va kengayish rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda. Reuters manbalariga ko‘ra, kompaniya bir nechta zavodlarida tungi navbatchiliklarni qisqartirgan va yangi ishlab chiqarish liniyalarining ishga tushirilishini to‘xtatgan.
BYD 2024-yilga nisbatan sotuvlarni 30% oshirib, 5,5 million avtomobil sotishni rejalashtirgan edi. Biroq yilning dastlabki besh oyida atigi 1,76 million elektromobil sotishga muvaffaq bo‘ldi. Narhlar keskin pasaygan bo‘lishiga qaramay — BYD elektromobillari hozir 55 ming yuandan (taxminan $7800) boshlanadi — omborda to‘plangan zaxiralar hanuz o‘sishda davom etmoqda.
Xitoy Avtodilerlar Assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, BYD’ning ombor zaxiralari sanoatdagi o‘rtacha darajadan uch baravar yuqori. Ichki bozor muammolariga qaramay, kompaniya 2025-yil aprelida Tesla’dan o‘zib ketib, Yevropada eng ko‘p sotiladigan elektromobillar orasida top-10 talikdan o‘rin oldi.