Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoyga kirayotgan migrantlar soqolini qirishga majbur qilinmoqda

Xitoyga kirayotgan migrantlar soqolini qirishga majbur qilinmoqda

Qozog‘iston fuqarolari Xitoy bilan chegarada soqolli erkaklarni ortga qaytarishayotgani yoki kirishdan oldin soqolini qirishni so‘rashayotganini ma’lum qilgan. “Ulysmedia. kz” xabariga ko‘ra, fuqarolar bunday tekshiruvlarga Xorgos hududida duch kelgan.

Sayohatchi Shingis Kudaybergenovning ta’kidlashicha, bunday tekshiruvlar bir necha kundan beri amalga oshirilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, soqolli erkaklarni polisiya xodimlari kutib olib, soqol oladigan ustara tutqazmoqda va jarayonni videoga tushirishayotgan bo‘lishi mumkin.

Ochiq manbalarda migrantlarning Xitoyga soqol bilan kirishini taqiqlovchi yangi qoida haqida hozircha rasmiy xabarlar berilmagan.

Kiritildi: Bugun 12:52. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!