Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoydan Toshkentga noqonuniy tarzda yoshartiruvchi ichimliklar olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Xitoydan Toshkentga noqonuniy tarzda yoshartiruvchi ichimliklar olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 28 iyul kuni soat 20:30 larda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Pekin-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosining qo‘l yuklari va bagajlari tegishli tartibda tekshirildi.

Unga ko‘ra, bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, sifati kafolatlanmagan, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun dori vositalarini olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, muqobil manbalarga ko‘ra taxminiy narxi 100 mln 922 ming so‘m bo‘lgan jami 160 dona 10000 mg nomli kollagen ichimliklar borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:00 30.07.2024. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!