Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoyda zavodlar yopildi, sababi...

Xitoyda zavodlar yopildi, sababi...

Xitoyning yirik sanoat va energetika markazi bo‘lgan Sichuan provinsiyasida tinimsiz jazirama va qurg‘oqchilik sababli elektr energiyasi keskin tejalishi e’lon qilindi.

South China Morning Post gazetasining xabar berishicha, provinsiyadagi sanoat korxonalariga elektr energiyasi berishni cheklash boshlangan. Natijada ko‘plab zavodlar yopildi.

Xususan, Toyota kompaniyasi Chendu shahridagi zavodi kamida 20 avgustgacha yopilganini e’lon qildi. «Szemyan» portalining yozishicha, Ibin shahrida yonilg‘i elementlari va akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi CATL zavodi faoliyati to‘xtatilgan.

Bundan tashqari, Dachjou shahri meriyasi uy-joylar, ishxona va do‘konlarga elektr energiyasi berilishida uzilishlar kuzatilishi haqida ogohlantirdi. Ma’lum qilinishicha, shaharda kuniga uch soatdan elektr ta’minoti berish to‘xtatib turiladi.

Sichuan elektr energiyasi ishlab chiqarilishi nuqtai nazaridan Xitoyning muhim regioni hisoblanadi. Bu yerda Yanszi daryosiga qurilgan ko‘plab GESlar joylashgan. Kuchli jazirama va qurg‘oqchilik oqibatida GES suv omborlaridagi suv miqdori 30–50 foizga kamayib ketgan.

Kiritildi: 22:35 17.08.2022. O'qildi: 5331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!