Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoyda sobiq amaldor $324 millionlik korrupsiya ishi bo‘yicha o‘limga hukm qilindi

Xitoyda sobiq amaldor $324 millionlik korrupsiya ishi bo‘yicha o‘limga hukm qilindi


6 iyul kuni Xitoy sudi mamlakat sharqidagi Nankin shahri sobiq yuqori lavozimli amaldori Yan Yulinni korrupsiya, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pul yuvish va boshqa jinoyatlar bo‘yicha aybdor deb topib, o‘lim jazosiga hukm qildi.

Sud ma’lumotiga ko‘ra, Yan Yulin 1993–2023 yillar davomida turli davlat lavozimlarida ishlagan vaqtida 2,2 milliard yuandan (324 million AQSh dollari) ortiq mablag‘ va mulkni noqonuniy ravishda qabul qilgan.

Qayd etilishicha, Xitoy raisi Si Jinpin boshlagan ko‘p yillik korrupsiyaga qarshi kampaniya davomida mamlakatdagi millionlab amaldorlar tekshiruvdan o‘tkazilgan. Biroq bu ishlarning aksariyati intizomiy jazo bilan yakunlanardi.

Sudgacha yetib borgan korrupsiya ishlarida o‘lim jazosi tayinlanishi va uning ijro etilishi esa so‘nggi o‘n yildan ortiq vaqt ichida juda kam uchraydi. Katta miqdorda pora olgan amaldorlarga ko‘pincha umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi mumkin bo‘lgan shartli o‘lim jazosi beriladi.

Kiritildi: 23:32 06.07.2026. O'qildi: 1019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!