Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoyda robo-taksi chuqurga tushib ketdi

Xitoyda robo-taksi chuqurga tushib ketdi

Chunsin shahrida yo‘lovchi bilan harakatlanayotgan Apollo Go haydovchisiz robot-avtomobil qurilish transheyasiga tushib ketdi. Yo‘lovchi ayol jabr ko‘rmagan. Unga mahalliy aholi va ishchilar chiqishga yordam bergan.

Aytilishicha, qurilish maydonida to‘siqlar va ogohlantiruv belgilar o‘rnatilgan. Ammo nega avtomobil chuqurga tushib ketgan? Hodisa avtonom taksilarda xavfsizlik masalasi bo‘yicha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Avval ham raqobatchi Pony.ai kompaniyasiga tegishli robo-taksining Pekin yo‘lida yongani aks etgan xabar tarqalgan edi. Kompaniya izoh berishicha, avtomobil tizimdagi nosozlik sabab yonib ketgan, unda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Kiritildi: 21:55 14.08.2025. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!