Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Chunsin munisipalitetida avtomagistral tunneli qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan portlash to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.
Shuningdek, to‘qqiz kishi jarohat olgan.
Chunsinning Vanchjou tuman transport komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, portlash dushanba kuni Xubey va Sichuan provinsiyalarini bog‘laydigan milliy avtomagistralning bir qismi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Dastlab bir kishi bedarak yo‘qolgan, yana 12 kishi jarohat olgan. Seshanba yarim tunda qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan odamning jasadini topdilar. Keyinchalik jarohatlanganlarning uch nafari tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay vafot etdi.
Portlash yonuvchan gaz tufayli sodir bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.