Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida daryo qayiqlarining ag‘darilib ketishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Voqea Syansi shahrida sodir bo‘lgan. Kuchli shamol tufayli to‘rtta kema ag‘darilib, 84 kishi suvda qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guychjou shahrida 70 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan ikkita sayr kemasi ag‘darilib ketgani xabar qilingandi.