Bugun 1 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoyda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Xitoyda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Xitoyliklar stansiyani qurish uchun esa 2,1 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflagan.

Bu elektr stansiyasi bir yilda ishlab chiqaradigan elektr energiyasi Papua-Yangi Gvineya

Xitoyda dunyodagi eng katta quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Bu stansiya Xitoy g‘arbida, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida, Urumchi shahri yaqinidagi cho‘l hududida qurilgan. Stansiya umumiy hisobda 13,3 ming gektar maydonni egallagan.

Xitoyliklar stansiyani qurish uchun esa 2,1 mlrd dollariga yaqin mablag‘ sarflagan va u yiliga 6,09 mlrd kilovatt soat energiya ishlab chiqara oladi.

Taqqoslash uchun, bu Papua-Yangi Gvineya davlatini bir yil elektr energiya bilan ta’minlashga yetarli bo‘ladi.

Avvalroq, Xitoyning g‘arbiy qismida Ninsya Genggeli cho‘lida Longyuan Power Group va China Lüfa Qinghai New Energy kompaniyalarining ikkita umumiy quvvati 3 gVt energiya ishlab chiqaruvchi yirik quyosh elektr stansiyalari ishga tushirilgandi.

Ma’lumot uchun, dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi ham Xitoyda qurilgan.

Kiritildi: 18:30 23.06.2024. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!