Xitoy rasmiylari «Bavi» to‘fonining yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan mamlakatning sharqiy provinsiyalarida 1,8 milliondan ortiq odamni evakuasiya qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 1,7 milliondan ortiq kishi Chjeszyan provinsiyasida, yana 100 mingdan ortig‘i esa qo‘shni Fuszyan provinsiyasida evakuasiya qilingan.
To‘fon 12-iyul, yakshanba kuni ertalab aholisi 10 millionga yaqin bo‘lgan Venchjou shahri yaqinidagi qirg‘oqqa yetib kelishi kutilmoqda.