Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoyda baliqlar ham koronavirusga tekshirilmoqda

Xitoyda baliqlar ham koronavirusga tekshirilmoqda

Xitoyda dengizda tutilgan baliqlardan ham koronavirusga test olinadi, deb xabar berdi dpa agentligi.

Syamen shahri sog‘liqni saqlash departamenti vakili mazkur port shaharda nafaqat ovdan qaytgan baliqchilar, balki ular tutib kelgan baliqlardan ham COVID-19ga test olinayotganini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruvlar Szimey rayon hokimiyatining maxsus farmoyishiga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Xitoy hozirda "nol darajadagi kovid" strategiyasiga qat’iy amal qilmoqda. Mamlakat xorijliklar uchun yopiq. Xitoyga kirishiga ruxsat berilgan xorijliklar mehmonxonada yetti kun karantinda, so‘ngra esa uch kun kuzatuv ostida bo‘ladi. Katta shaharlar aholisi har uch kunda test topshirishi lozim.

Juma kuni XXR sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi COVID-19 yuqtirish bilan bog‘liq 500dan ortiq yangi holat aniqlanganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 00:39 20.08.2022. O'qildi: 2045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!