Markaziy Xitoyning Xenan provinsiyasida arxeologlar neolit davriga oid, yoshi taxminan 5 ming yil bo‘lgan qabrni topdi, deb xabar beradi TASS axborot agentligi.
Xinhua agentligiga ko‘ra, qabr o‘sha davrdagi mahalliy hukmdorga tegishli ekanligi taxmin qilinyapti.
Mutaxassislarning fikricha, u dafn marosimidan ko‘p o‘tmay ataylab haqoratlangan. Marhumning skeletining katta qismi yo‘qolgan, ko‘plab marosim buyumlari shikastlangan.
Olimlar Yunchen shahrida joylashgan qabrdan 350 dan ortiq buyum – sopol idishlar, suyak va nefrit toshlarini aniqladilar. Ob’ektning maydoni 17 kvadrat metrdan oshadi. Tarixchilarning yozishicha, qadimda bu yerda “poytaxt bilan qiyoslanadigan” katta aholi punkti bo‘lgan.
Topilgan qabr Vanchuan shahrida joylashgan bo‘lib, u yerda qadimiy xarobalar bor va u yerdan yangi arxeologik topilmalar chiqyapti. Osori-atiqalar Xitoyning bu qismida uzoq o‘tmishda Sharqiy Osiyo mintaqasi turli madaniyatlarining o‘zaro boyish jarayoni jadal kechganligini tasdiqlaydi.