Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoyda 31 avgustda boshlanadigan SHHT sammiti “Global Janub davlatlarning birdamligini” namoyish etadi

Xitoyda 31 avgustda boshlanadigan SHHT sammiti “Global Janub davlatlarning birdamligini” namoyish etadi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mazkur sammit, shuningdek, sanksiyalarga uchragan Rossiyaga “yana bir diplomatik burilish” qilishga yordam beradi, deya yozmoqda agentlik.

"Si Jinpin ushbu sammitdan AQSh boshchiligidagi xalqaro tartibning qanday ko‘rinish olganini namoyish etish imkoniyati sifatida foydalanishni xohlaydi. Yanvardan beri Oq uy tomonidan Xitoy, Eron, Rossiya va endilikda Hindistonga qarshi ko‘rilgan barcha choralar kutilgan natijani bermadi", — dedi The China-Global South Project agentligi bosh muharriri Erik Olander.

Qayd etilishicha, bu SHHT tashkil topgan 2001 yildan beri eng yirik sammit bo‘ladi. Tadbir doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi so‘nggi yetti yildan ortiq vaqt ichida ilk bor Xitoyga tashrif buyuradi.

Shuningdek, SHHT sammitidan so‘ng Pekinda Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan parad o‘tkaziladi. Unda Putin ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 22:45 26.08.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!