Xitoy Davlat statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning ikkinchi choragida mamlakat YAIM o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga o‘sdi. Bu 2022 yildan buyon qayd etilgan eng past o‘sish sur’atidir.
ING iqtisodchisi Linn Song birinchi chorakka nisbatan "sezilarli sekinlashuv" kuzatilganini ta’kidladi.
"Oylik faollik ko‘rsatkichlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri YAIMga ta’sir qilmaydi, biroq asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investisiyalar yanada salbiy dinamikaga o‘tganini va chakana savdo hajmi zo‘rg‘a ijobiy zonada ushlanib turganini ko‘rmoqda", — deya iqtibos keltiradi Financial Times nashri.
May oyida Bloomberg va Reuters agentliklari Xitoy iqtisodiyoti barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sekinlashgani hamda investisiyalar oqimi yana kamayganini yozgan edi. Bunga eksport hajmidagi o‘sish ichki iste’molning qisqarishini endilikda qoplab bera olmayotgani sabab bo‘lmoqda.