Xitoy kompaniyalari va “Tolibon” hukumatining hamkorligida To‘xor viloyatining Dashti Qal’a tumanida joylashgan qadimiy Ay Xonim shahri hududi va uning atrofida oltin qazib olish ishlari boshlandi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, qazish ishlari Qizil daryo bo‘yidagi arxeologik hudud yaqinida amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar bu yerdagi ishlar madaniy merosga zarar yetkazishi mumkinligidan tashvish bildirmoqda.
Ay Xonim shahri miloddan avvalgi III asrda ta’sis etilgan bo‘lib, u Yunon-Baqtriya davlati poytaxtlaridan biri hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, “Tolibon” hukumati tabiiy resurslardan foydalanish orqali iqtisodiyotni mustahkamlashni maqsad qilgan, Xitoy esa mintaqadagi qimmatbaho metallarga bo‘lgan sarmoyasini kengaytirayotgani ma’lum qilindi.