Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy va Rossiya raketalari tufayli dunyoni betartib urush kutmoqda — OAV

Xitoy va Rossiya raketalari tufayli dunyoni betartib urush kutmoqda — OAV

Xitoy va Rossiya tomonidan raketalar ishlab chiqarilishi nazoratsiz yadroviy urushga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik harbiy ekspert, qurolsizlanish siyosati va qurol nazorati assosiasiyasining tahdidlarni kamaytirish bo‘yicha direktori Kingston Reyf fikriga asoslanib, The Sun iqtibos keltirdi.

Uning ta’kidlashicha, hozir Pekin va Moskva yangi raketalarni sinovdan o‘tkazishda va arsenalini kengaytirishda davom etmoqda, Vashington esa butun flotini modernizasiya qilmoqda. Garchi mamlakatlarda Sovuq urush paytida sodir bo‘lgan qurollanish poygasi bo‘lmasa-da, vaqti-vaqti bilan davlatlar vakillari aytganidek, "yirik davlatlar o‘rtasida yadroviy raqobatning yangi bosqichi" mavjud, bu yaqin kelajakda yanada xavfli bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydi Reyf.

U yirik davlatlarning yadroviy mojaroni cheklash yoki nazorat qilish mumkinligiga, super kuchlar o‘rtasidagi raqobat rivojlanayotganiga asossiz ishonishidan xavotirda.

Avvalroq AQSh Moskvaga 20 daqiqada yetib bora oladigan raketa o‘qini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 23:26 01.08.2021. O'qildi: 3728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!