Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoy o‘z harbiylarini Rossiya–Ukraina urushida ishtirok etish uchun yubormagan — XXR Tashqi ishlar vazirligi

Xitoy o‘z harbiylarini Rossiya–Ukraina urushida ishtirok etish uchun yubormagan — XXR Tashqi ishlar vazirligi

"Xitoy hukumati har doim o‘z fuqarolaridan Ukrainadagi qurolli to‘qnashuv hududidan uzoqda bo‘lishni, ushbu mojaroga hech qanday shaklda aralashmaslikni, xususan, harbiy harakatlarda har ikki tomondan ishtirok etmaslikni talab qilib kelgan", — deya ma’lum qildi Xitoy TIV vakili Lin Szyan jurnalistlarga.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8 aprel kuni Donesk viloyatida Rossiya armiyasi safida jang qilgan ikki nafar Xitoy fuqarosi asirga olinganini ma’lum qilgan edi. U, shuningdek, asirga olinganlardan biri bilan tushirilgan videoni ham e’lon qildi. AQSh Davlat departamenti esa Ukrainada ikki nafar Xitoy fuqarosining asirga olinishi haqidagi xabarlarni “tashvishlanarli” deb atadi.

Kiritildi: 13:16 09.04.2025. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!