Turkiya Ekologiya va shaharsozlik vaziri Murat Kurum ma’lum qilishicha, Istanbuldagi zilziladan so‘ng ishonch telefoniga binolarning tarkibiy shikastlanishi haqida 378 ta murojaat kelib tushgan, 12 ta uydan aholi ko‘chirilgan.
"112 raqamiga binolarning tarkibiy shikastlanishi to‘g‘risida 378 ta xabar keldi. Bu Istanbulda 7,5 milliondan ortiq turar-joy mavjudligini hisobga olganda. Biz zudlik bilan tekshiruvlar o‘tkazdik. Ehtiyot chorasi sifatida 12 ta binoni, jumladan, Fotih tumanidagi tashlandiq binoni ham bo‘shatdik," - dedi Turkiya vaziri jurnalistlarga murojaat qilar ekan.
Kurumning qo‘shimcha qilishicha, keyingi to‘rt kun ichida mutaxassislar binolarni batafsil tekshiruvdan o‘tkazadi. Uning aytishicha, shu davrda fuqarolar xohlasalar, juma kunigacha dars bo‘lmaydigan maktablarda vaqtinchalik qolishlari va tunashlari mumkin.
Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Kamol Memishog‘lu Favqulodda vaziyatlar departamenti tezkor shtabida xabar berishicha, "zilziladan so‘ng jami 236 nafar fuqaromiz, asosan vahimaga tushib uylaridan sakraganligi sababli jarohat olgan. Ularning 173 nafari bevosita Istanbulda jarohatlanganlar."
Vazir yana qo‘shimcha qildikim, jabrlanganlarning ko‘pchiligini kasalxonaga yotqizish zarurati bo‘lmagan: "Ularga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi."