Ukraina mudofaa kuchlari Rossiya Federasiyasining Tatariston Respublikasi Yelabug‘a tumanidagi hujumkor dronlar ishlab chiqaruvchi zavodga zarba berdi. Bu zavod Ukraina davlat chegarasidan 1000 kilometrdan ortiq masofada joylashgan. Bu ma’lumotni Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi e’lon qildi.
"Ukraina Qurolli Kuchlarining uchuvchisiz tizimlar bo‘linmalari, Mudofaa kuchlarining boshqa qismlari bilan hamkorlikda, 2025 yil 23 aprelda hujumkor uchuvchisiz uchish apparatlari ("Geran-2", "Shahed" turidagi va boshqalar) ishlab chiqarilayotgan joyni o‘qqa tutdi," - deyiladi xabarda.
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining ma’lum qilishicha, korxona kuniga 300 ga yaqin turli xil dronlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bosh shtab nishon hududiga zarba yetkazilgani va portlashlar yuz bergani tasdiqlandi, deb bildirmoqda: "Hozirgi vaqtda dronlarni yakuniy yig‘ish sexiga zarar yetgani ma’lum. Zarbaning natijalari aniqlanmoqda."