Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor — Welt am Sonntag

Xitoy Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor — Welt am Sonntag

"Pekin bunday qadamga faqat “tinchlikparvar kuchlar BMT mandati asosida harakat qiladigan taqdirda” tayyor bo‘ladi", deya xabar berdi ismi oshkor qilinmagan Yevropa Ittifoqi diplomatlari Xitoy hukumat doiralaridagi manbalariga tayanib.

Biroq Bryusselda Xitoy qo‘shinlarini Ukrainaga joylashtirish masalasi turlicha munosabat uyg‘otdi. Ayrimlar Xitoy “Ukrainada, birinchi navbatda, josuslik bilan shug‘ullanishi va mojaro yuzaga kelganda betaraflikni saqlash o‘rniga Rossiya tomonida bo‘lishidan” xavotirda, deya yozmoqda Welt am Sonntag.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xitoyni Ukraina uchun “xavfsizlik kafolatchisi” sifatida ko‘rmasligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Rossiya Qrimni bosib olganida “hech qanday choralar ko‘rmagan”, shuningdek, urushda Moskvani amalda qo‘llab-quvvatlab, unga “dronlar bozorini ochib bergan”.

Kiritildi: 17:03 23.08.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!