Bu haqda Telegraph xabar bermoqda.
Urush ishchilar va harbiylar oilalarining maoshi va maqomini keskin oshirishni ta’minlagan shaharlarda "yangi o‘rta sinf" paydo bo‘ldi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar yuqori ish haqi, mukofot va imtiyozlar olishmoqda, shuningdek, oliy o‘quv yurtlariga kirishda farzandlari uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishmoqda. Harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ishchilar urushgacha bo‘lgandan bir necha baravar ko‘p maosh olishmoqda.
Bu toifadagi odamlar tinchlik davriga qaytishdan manfaatdor emas. Mutaxassislar urushdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolar haqida ogohlantirmoqda.