Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoy tashqi ishlar vaziri Yaqin Sharqdagi mojaroni hal etishning yagona yo‘lini aytdi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Yaqin Sharqdagi mojaroni hal etishning yagona yo‘lini aytdi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Yaqin Sharqdagi davom etayotgan mojaroni hal qilishning yagona yo‘li muloqot va muzokaralar ekanini ta’kidladi. Uning bayonoti Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi.

«Yaqin Sharqdagi hozirgi mojaro cho‘zilib ketdi va boshqa hududlarga ham tarqaldi. Shu bois muloqot va muzokaralar yagona yechim hisoblanadi. Barcha tomonlar o‘z xalqlari va tarix oldidagi mas’uliyatini anglab, kuch ishlatishdan voz kechishi hamda siyosiy yechimga oqilona va amaliy yondashuv asosida e’tibor qaratishi kerak», — dedi Van I.

U bu fikrlarni Pekinda Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Ali Boqiriy bilan uchrashuvda bildirgan.

Xitoy tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Pekin Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash maqsadida barcha manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Ali Boqiriy esa uchrashuvda Eronning mintaqadagi vaziyatga nisbatan pozisiyasini bayon qilgan. Uning aytishicha, Tehron mamlakat xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy himoya qiladi, gegemonlik va har qanday tahdidlarga qarshi turadi.

Eron vakili mamlakat mintaqada tinchlik va barqarorlikni tiklash uchun barcha tomonlar bilan muzokara olib borishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, u Xitoyning bu boradagi tashabbuslarini yuqori baholagan.

Kiritildi: 17:41 02.11.2026. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!