Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 18 avgust kuni Hindistonga boradi. Bu haqda Xitoy TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Reuters agentligining qayd etishicha, tomonlar Himolaydagi bahsli chegara bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.
Bu Xitoy vazirining Hindistonga 2020 yildagi hind-xitoy chegarachilari to‘qnashuvidan keyingi ikkinchi tashrifi bo‘ladi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, tashrif Hindiston tomoni taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
The Hindu nashrining yozishicha, Hindiston AQSh prezidenti Donald Trampning bosimi ortidan Xitoy bilan munosabatlarni faollashtirishga harakat qilmoqda.