Xitoyning Dongfeng kompaniyasi Surxondaryo viloyatida zamonaviy avtomobil zavodi qurishni taklif qildi.
Viloyat hokimligi ma’lum qilishicha. 17 may kuni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Dongfeng Luizhou Motor kompaniyasi — Dongfeng Motor Group shu’ba korxonasining Sindao avtomobil tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Fu Xao boshchiligidagi delegasiyasini qabul qildi.
Tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini chuqur o‘rganish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.
Xitoy kompaniyasi elektr furgonlar, mini yuk mashinalari va ko‘p maqsadli transport vositalarining (MVP) bir nechta modellarini taqdim etgan.